“Milan” Muhammad uchun qancha berishini ma’lum qildi

  • 6 yanvar, 2021, 16:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” rahbariyati Frantsiyaning “Strasbur” jamoasi himoyachisi Muhammad Simakan uchun 15 million evroga qo‘shimcha tarzda yana uch million evro miqdorida bonus berishini ma’lum qildi.

Tecno

Biroq, bu taklif frantsiyaliklarni qoniqtirgani yo‘q Ular transfer uchun 18 millionga yana 2 million evro bonus berishni talab qilmoqda.

“Strasbur” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Simakan 2019 yildan beri asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi. Uning jamoa bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha davom etadi. Muhammad joriy mavsumda 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, bittadan gol va golli pas muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!